Ру O`z En

Yangiliklar

"Quvnoq startlar" musobaqasi tashkillashtirildi

"Ammofos-Maxam" AJ rahbariyati hamda kasaba uyushma qo'mitasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 2023-yil 21-22-fevral kunlari "Kimyogar" madaniyat va sport majmuasida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkillashtirildi.

Musobaqa ishtirokchilari turnikda tortinish, xalqaga topni tushurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, brusda chiqib tushush va arqon tortish kabi sport turlarida bellashadilar. G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar va ularning a’zolari Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech