“Quvnoqlar va zukkolar” sport tadbiri

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan korxonada faoliyat yuritayotgan 40 yoshdan yuqori erkak xodimlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” nomli ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida jamoaviylikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda faol dam olishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinMarkaziy ombor xo‘jaligi
2-o‘rin“Ammofos-3” sexi
3-o‘rinIHQX jamoasi

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech