Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Ammofos-Maxam” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Korxona Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Gafurov ishtirokida EFK-2 hamda Ammofos-3 sexi yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida korxonada yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning kasbiy rivoji, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech