Sadoqatli mehnat yo‘lida

Abdumavlon Gafurov “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyatini 1983-yilda boshlagan. Dastlab u “Maz” rusumli avtomobil haydovchisi sifatida ish boshlagan bo‘lsa, hozirda esa samosval haydovchisi boʻlib samarali faoliyat yuritmoqda.

Yillar davomida tinimsiz mehnat, mas’uliyat va sadoqat bilan ajralib turgan Abdumavlon Abdilaxatovich jamoadoshlar uchun ibratli inson hisoblanadi. Uning halolligi va ishga bo‘lgan yondashuvi yoshlarga namunadir.

May oyining oxirgi yakshanbasi – Kimyogarlar kuni

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech