Sayyor davra suhbati o‘tkazildi
2023-yil 14-iyul kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan “Chimyon” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida bolalarni maroqli dam olishlarini tashkil etish va o‘tkazishni ta’milash maqsadida yollangan ishchi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirish-profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, “Aloqa kanallari” orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish” reglamenti haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilariga oromgohda bolalarni mazmunli va maroqli dam olishlarini tashkil etishga bor kasbiy mahoratlarini ko‘llab, salbiy oqibatlarga yo‘l ko‘yilmasligiga bor kuchini yo‘naltirishini, tanish-bilishchilik, tashqaridan bollarni qabul qilmaslik, bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan sifatli taomlar tayyorlab, talon-torojlikka yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday salbiy holatlarga yo‘l ko‘ygan shaxslarga nisbatan murosasiz munosabat bildirilishi qayd etildi.
Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.