Sayyor qabul davom etmoqda

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova rahbarligida navbatdagi sayyor qabul “Ammofos-Maxam” AJning asosiy sex va bo‘linmalarida tashkil etildi.

Qabul doirasida “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi asosida farzand tarbiyasida ota-onalarning o‘rni, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bolalar uchun qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ular uchun qulayliklar yaratish, bolalar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etish, uy-joy masalalari bo‘yicha murojaatlar va takliflar tinglandi. Xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Sayyor qabul yakunida bildirilgan murojaatlarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech