Suprefos — o‘simliklar o‘sishi va hosildorlik kafolati

“Ammofos-Maxam” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan suprefos — o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan fosfor elementiga boy mineral o‘g‘it hisoblanadi. Ushbu o‘g‘it o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlash, hosildorlikni oshirish hamda meva va urug‘larning to‘liq yetilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Suprefos o‘simliklarda energiya almashinuvi jarayonlarini faollashtirib, ularning sovuq va kasalliklarga bardoshliligini oshiradi. Shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilashda ham katta ahamiyatga ega.

Aloqa uchun:
+998 (78) 150-58-14
+998 (78) 150-41-41

Email: info@ammofos-maxam.uz

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech