Umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi.
2024-yil 29-mart kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Jamiyatning xodimlar tayorlash o‘quv markazida EFK-2 va EFK-3 sexlarining apparatchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘qish guruhiga xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidag”gi Qonunlari, hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining
2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda ma’ruzachi jamiyatning kompleans xizmatining to‘q‘ridan-to‘q‘ri aloqa kanallari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.