Ру O`z En

Yangiliklar

“Ustoz va shogird” an’anasi yo’lga qo’yildi

    Kuni kecha zavod xodimlari hamda yoshlar o‘rtasida “Ustoz va shogird” an'anasi yo‘lga qo‘yildi. Ilk mehmon sifatida zavod taraqqiyotida 48 yillik tajribaga ega inson Hakimov Iskandar aka taklif etildi.

    Ustoz uzoq yillik tajriba, malaka va kasbiy mahoratlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yoshlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob berdi. Qariyb yarim asr zavod taraqqiyotiga hissa qo’shgan bu inson “Loyihalash va kostruktorlik” bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat olib borgan.

     Zavod hayotida Iskandar aka singari fidoiy insonlar juda ko‘p ekani e’tirof etilarkan, keyingi uchrashuvlarga ularni ham taklif qilib, mazkur an’anani davom ettirish reja qilib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech