Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJ vakolatli omborlarni tashkil etishda davom etmoqda.

Jamiyaning Komplayens xizmati va Sanoat korxonasi xavfsizligini ta’minlash xizmati tomonidan xududlarda tashkil etilgan vakolatli omborlari faoliyati, ishlarni tashkil etilishi, xaridorlarga sifatli mahsulot etkazib berish, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish yuzasidan keng ko‘lamli profilaktik ishlar joylarga chiqish orqali ta’minlab kelinmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida joylashgan “Alanga Dunyosi” oilaviy korxonasiga va Qarshi shahrida joylashgan “Sharqros Universal Servis”  MChJga qarashli vakolatli omborlarga jamiyatning mahsulotlarini joylashtirilishi, qabul qilinishi,, saqlanishi va xaridorlarga etkazib berilish holatlari organildi. O‘rganish jarayonida vakolatli ombor xodimlari bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazilib, ularga huquqbuzarliklarni sodir etishga, shu jumladan, korruptsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan shaxslar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish, Jamiyatda qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, vakolatli ombor xodimlariga mo‘may daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z xizmat vazifasini suiste’mol qilish, ishonib topshirilgan va unlarning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish korrupsion holatga sabab bo‘lishi, bunday xatti-xarakatlar uchun javobgarlik mavjudligi va jazoning muqarrarligi prinsiplari, hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu haqda Jamiyatning komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko‘rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirildi.

Bundan tashqari, korxona raxbarlariga vakolatli omborlarni tashkil etish bo‘yicha qo‘yilgan texnik talablarga to‘liq amal qilish lozimligi xaqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot berildi.

Suhbat jarayonida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga keng, atroflicha tushuntirishlar va izohlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech