“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tanlov o‘tkazildi
15-may – “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash maqsadida bugun korxonamizda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarimiz o‘rtasida, korxonamiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan oila vakillari ishtirokida “Oilaviy baxt – eng ulug‘ saodat” shiori ostida tanlov tashkil etildi.
Tanlovda quyidagi oilalar faol ishtirok etdilar:
1. Berdiqulovlar oilasi
2. Umurzokovlar oilasi
3. Amanovlar oilasi
4. Donaboyevlar oilasi
5. Akmalovlar oilasi
6. Isomiddinovlar oilasi
Mazkur tadbir oila mustahkamligini ta’minlash, jamiyatda, hayotda va mahallada munosib o‘rin egallab kelayotgan, hurmatga sazovor, farzandlariga ibrat bo‘layotgan namunali oilalarni e’zozlash maqsadida o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati