Ру O`z En

Yangiliklar

Xon atlas festivali

Xon atlas – necha yuz yillik tarixga ega matolarimizdan. O‘zligimizni, o‘zbekligimizni eslatib turuvchi bu matodan tikilgan liboslar ayollarimizga, qizlarimizga o‘zgacha joziba, ko‘rk, chiroy bag‘ishlaydi. Qizlarimizdagi hayo, ibo atlas bilan o‘zaro uyg‘unlashib, ta’rifiga so‘z ojiz manzara hosil qiladi. Bu bejiz emas. Undagi yorqin ranglar, jilvakor naqshlar ona – tabiatimizdan nusxa olib yaratilgan. Inson esa tabiatning ajralmas bir bo‘lagidir.

9-14 sentabr kunlari "Xon atlas" haftaligi munosabati bilan Ammofos-Maxam AJning Kapital qurilish boshqarmasi (Ta'mirlash qurilish uchastkasi) xotin-qizlari haftalik doirasida faol ishtirok etishmoqda.

Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech