"Yashil makon" loyihasi amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish, yashil maydonlarni kengaytirish yuzasidan PF-46-sonli qarori ishlab chiqilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ korxonasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 26-27-28-29-oktabr kunlari “Ammofos-Maxam” AJga qarashli “Kimyogar” madaniyat va sport majmuasi hududida joylashgan sobiq “Quyoshli” bolalar o'yingohida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu hasharda Ammofos-2, Ammofos-3, EFK-2, EFK-3 hamda Avtotransport sexidan 140 nafar ishchi-xodimlar tomonidan 1.2 gektar yer maydonida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.