“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida, korxonamiz tasarrufidagi hududda namunaviy ko‘chat ekish ishlari olib borildi.
Mazkur tashabbus doirasida 100 tup katalpa ko‘chati ekilib, atrof-muhitni obodonlashtirishga yana bir hissa qo‘shildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati