Yong‘in-texnik minimum bo‘yicha test sinovi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori hamda FVVning 2019-yil 30-sentabrdagi 500-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida korxonada yong‘in-texnik minimum mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Ombor mudirlari, payvandchilar hamda elektr chilangarlar ishtirokida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi.
Korxonada xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati