Yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi, shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJning 2026-yil 27-fevraldagi 8-son bayoni bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati ishchi guruhi tomonidan Olmaliq shahridagi 2–11-sonli umumta’lim maktablarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari va yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilib, ularga kimyo sanoati sohasidagi mavjud yo‘nalishlar, mutaxassisliklar hamda kelgusidagi mehnat faoliyati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati