Ру O`z En

Tenderlar

DIQQAT! E'LON!

Tanlov mavzusi:

“Ammofos-Maxam” AJ korxonasida tayyor mahsulotlarni markirovkalash bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Ishlar/xizmatlarning mazmuni:

  •  Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qo‘llab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak.
  •  “Ammofos-Maxam” AJning ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni jo‘natish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlar savdosi, korporativ hisoboti va ma’lumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.

Tanlov takliflarini yuborish tartibi to‘g‘risida ma’lumot:

  • Takliflar birja platformalarida https://etender.uzex.uz/lot/156912 manzili orqali qabul qilinadi.
  • Texnik takliflarni 2022-yil 30-sentyabrdan 07-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Manzil: "Ammofos-Maxam" AJ 110100 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri,

Telefon: +998 78 150 41 41

Kompaniyaga qo‘yilgan talablar:

  1. Tashkilot yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalar va sertifikatlarga ega bo‘lish;
  2. Kamida 3 ta mijozlardan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etish;
  3. Kamida 5 yil ushbu xizmatlar bozorida ish tajribasiga ega bo‘lish;
  4. Shu kabi ishlanmalar va ularning tadbiq etilganligi haqida ma’lumot berish;
  5. Yuridik va buxgalteriya hujjatlarini berish va olish huquqiga ega bo‘lgan Toshkent shahridagi ofisning mavjudligi;
  6. Bankrotlik va sud jarayonlari bosqichida emasligi.

Kafolat talablari:

  • Xizmatlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri bajarish kafolati;
  • Ish qabul qilinganidan so‘ng kamida 12 oy davomida xizmat ko‘rsatish kafolati.

Eng yaxshi taklifni aniqlashda buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan mezonlar:

  • Funktsional imkoniyatlar;
  • Sifat;
  • Qiymati;
  • Xizmat ko‘rsatish muddatlari;
  • Xizmat ko‘rsatish kafolati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech