E’LON
“Ammofos-Maxam” AJda “Eng faol innovator ayol” tanlovining o‘tkazilishi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ–5020-sonli qarori — “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat hamda xotin-qizlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ammofos-Maxam” AJ tarkibida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Eng faol innovator ayol” tanlovining 1-bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Tanlov 2025-yil 24-aprel kuni soat 14:00 da korxonaning faollar zalida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tanlovda barcha bo‘lim va sexlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimizni ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz:
Tanlovda eng yaxshi deb topilgan loyiha Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Abdukadirova Roxila Mamayusupovna —
Boshqaruv raisining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga murojaat qilishingiz mumkin.