Ру O`z En

Yangiliklar

"Ammofos-Maksam" AJ yosh mutaxassislari o'rtasida ko'rik-tanlov o'tkazildi

Kuni kecha "Ammofos-Maksam" AJning sex va bo'limlarida mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo'lgan yosh mutaxassislar o'rtasida "Iqiqtidorli yosh mutaxassislar" ko'rik tanlovlarining "Eng malakali yosh ta'mirlovchi chilangar" mavzusida ko'rik-tanlov o'tkazildi.

Yosh ta'mirlovchi chilangarlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, kasbiga qiziqish va uning nufuzini yanada oshirish hamda shaxsiy intilishlarini qo'llab-quvvatlash, kasbiga bo'lgan shaxsiy mas'uliyat hissini shakllantirish, yoshlarni intelektual rivojlanishini rag'batlantirish, korxona bosh mexanigi xizmati kadrlar zahirasi uchun yetuk va istiqbolli mutaxassislardan nomzodlarni saralab olish maqsadida o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra, g'olib sifatida uchinchi ekstraksiya fosfor kislota sexining sha'nini himoya qilgan Ziyodulla Shuxratjon o'g'li "Eng yaxshi ta'mirlovchi chilangar", deya e'tirof etildi.

Uchinchi ekstraktsiya fosfor kislota sex vakili Javoxir Abdujamol o'g'li esa ikkinchi o'rinni egalladi.

Suv ta'minoti va oqova tsexi vakili Dilshodbekov Umurzoq o'g'li uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech