"Ammofos-Maksam" AJ yoshlar Ittifoqi va kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida "Eng malakali yosh kimyoviy tahlil laboranti" kasb mahorat tanlovi tashkil etildi
Tanlovda kimyoviy tahlil laboratoryasining 30 yoshgacha bo'lgan laborantlari o'z kasblaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berishib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Tanlovning keyingi shartida esa tahliliy analiz usuli orqali aniqlashdi.
Tanlovda ilmiy tadqiqot kimyo – texnologiya laboratoriyasi laboranti Sitora Akmal qizi eng yaxshi laborant, deya e'tirof etildi.
Ikkinchi o'rin esa ilmiy tadqiqot kimyo – texnologiya laboratoriyasi laboranti Dildora Nimatullaevnaga nasib etdi.
Uchinchi o'ringa sanitar laboratoriya laboranti Go'zal Begali qizi loyiq ko'rildi.