“Ammofos-Maxam” AJ jamoasi Navro‘z saylida faol ishtirok etdi
Bugun Olmaliq shahrida “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan xalq saylida “Ammofos-Maxam” AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, milliy taomlar va turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Korxona xodimlari ham bayram shukuhini his etib, jamoa bilan birgalikda o‘ziga xos kayfiyat ulashdilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati