Ру O`z En

Yangiliklar

Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi

2023-yil 23-fevral kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Jamiyatning "Ammofos-2" vа "Аmmofos-3" sexlari apparatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech