“Ammofos-Maxam” AJ OYOXTTEB tomonidan 13-17 oktyabr kunlari kutilayotgan sovuq va nam havo massalari tufayli quyidagi ogohlantirishlar berilmoqda:
1. Gaz plitalaridan foydalanmang: Xonadonlarni isitishda gaz plitalaridan foydalanish xavfli boʻlib, bu yoʻl bilan uy ichidagi havo toʻyinganligi sababli zaharlanish xavfi ortadi.
2. Nostandart va qoʻlbola isitish pechlaridan foydalanmang: Isitish uchun xavfsizlikka mos boʻlmagan nostandart pechlar qo’llanmasligi kerak, chunki ular yong‘in va zaharlanish xavfini oshiradi.
3. Isitish pechlarini nazoratsiz qoldirmang: Agar isitish pechlari ishlatilsa, ularni nazoratsiz qoldirmaslik zarur, chunki bu holat yongʻin chiqish xavfini oshiradi.
4. Dudbo‘ronlarni taftishdan o‘tkazing: Xonadoningizdagi dudbo‘ronlarning tozaligini va yaxshi ishlashini taftish qiling, bu tutun va boshqa xavfli gazlarning toʻgri chiqishini ta’minlaydi va xavfning oldini oladi.