Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi targʻibot suhbati oʻtkazildi

Olmaliq shahrida diniy muhitni sogʻlomlashtirish va jamiyat barqarorligini taʼminlash maqsadida “Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida targʻibot suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi oʻqituvchisi N.Turonboyev hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Olmaliq shahar vakili J.Pardayev ishtirok etishdi. Ular diniy ekstremizm va terrorizmning xavf-xatarlari, bu illatlarning jamiyatga salbiy taʼsiri hamda undan himoyalanish usullari haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Shuningdek, suhbat davomida xodimlarga diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik hamda davlatimizning ushbu yoʻnalishda olib borayotgan saʼy-harakatlari haqida tushuntirishlar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech