“Ammofos-Maxam” AJda “Dolzarb bir oylik” tadbirlari doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, 2025-yil 11-martdan boshlab e’lon qilingan “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida “Ammofos-Maxam” AJ hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Korxona xodimlari tomonidan atrofni tozalash, chiqindilarni bartaraf etish hamda manzarali daraxt ekish ishlari faol ravishda olib borilmoqda.
Mazkur tadbir korxona hududining musaffoligini ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash hamda xodimlarda tabiatga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati