Ру O`z En

Yangiliklar

"AMMOFOS-MAXAM" AJda SAYYOR QABUL HAFTALIGI BOSHLANDI

Bugun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi - Xotin-qizlar kengashi raisi S.M.Abduraxmanova "Ammofos-Maxam" AJning tarkibidan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Malika Maxamadali qizi hamda korxonaning boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti raisi Shaxlo Safarmatovnalar ishtirokida sayyor qabullar haftaligini boshladi.

Sanobar Abduraxmanovaning korxona ayollarining mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan sayyor qabuli jamiyatda faoliyat yuritayotgan  xotin-qizlar o'rtasida  bo‘lib o‘tdi.

Qabul jarayonida 25 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ular mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganilib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sayyor qabul davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech