“Ammofos-Maxam” AJda xodimlarning huquqiy savodxonligi oshirildi
“Ammofos-Maxam” AJ Komplayens xizmati tomonidan EFK-2 va EFK-3 sexlari apparatchilari uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek, Jamiyatda qabul qilingan ichki hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi siyosat va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Komplayens xizmati bilan bevosita aloqa kanallari haqida ham ma’lumot taqdim etilib, xodimlarning savollariga javob qaytarildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati