“Ammofos-Maxam” AJda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” AJda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini tashkil etish boshqarmasi”, “Ammofos-Maxam” AJ OYoXTTEB xodimlari hamda OAV vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – korxona hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xodimlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi. Birinchi qism – nazariy qism. Ikkinchi qism – amaliy qism bo‘lib, bunda yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi ko‘rsatildi.
Mazkur tadbir xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi