Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJning “Ishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish to‘g‘risidagi” Yo‘riqnomasi ijroga qaratilgan

Yo‘riqnoma talablaridan kelib chiqib, jamiyatda xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, huquqbuzarliklarni sodir etishga, shu jumladan, korrupsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan nomzodlar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish hamda nomzodlar xarakterining xususiyatlari va turmush tarzi jamiyat obro‘siga putur yetkazish, korrupsiya va boshqa xavflarni bartaraf qilinishini taʼminlash borasida Jamiyatning Komplayens xizmati tomonidan ishlar tashkil qilingan.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha  Jamiyatning Komplayens xizmati Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘qishni bitirib, ishga yangi qabul qilingan yosh mutaxxassislar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Profilaktik suhbat jarayonida yangi ishga qabul qilingan yosh mutaxassislarga Jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

 Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda, bu haqida komplayens xizmatiga xabar berishi va bergan axboroti uchun ma’lum bir shaxslar tomonidan ularga har xil ko‘rinishdagi tazyiq bo‘lmasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirilmoqda.     

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech