Ру O`z En

Yangiliklar

"Ammofos-Maxam" AJning Komplayens xizmati tomonidan ishga yangi qabul qilingan yosh mutaxxassislar bilan profilaktik suhbat o'tkazilmoqda

    Profilaktik suhbat jarayonida yosh mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi, Jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo'riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirilmoqda.

    Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu haqida komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko'rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo'lishi tushuntirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech