“Ammofos-Maxam” Ajning Koplayens xizmati tomonidan “Ishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ijrosi ta’minlanmoqda.
Yo‘riqnoma talablaridan kelib chiqib, jamiyatda xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, huquqbuzarliklarni sodir etishga, shu jumladan, korruptsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan nomzodlar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish, hamda nomzodlar xarakterining xususiyatlari va turmush tarzi jamiyat obro‘siga putur yetkazish, korruptsiya va boshqa xavflarni bartaraf qilinishini ta'minlash borasida Jamiyaning Komplayens xizmati tomonidan ishlar tashkil qilingan.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha Jamiyatning Komplayens xizmati Kadrlar va xodimlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan hamkorlikda ishga yangi qabul qilingan mutaxxassis va ishchilar bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazilmoqda.
Profilaktik suxbat jarayonida yangi ishga qabul qilingan mutaxassislarga Jamiyatda qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirilmoqda.
Shuningdek, korruptsiyaga oid xuquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu xaqda Jamiyatning komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko‘rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirilmoqda.
Suhbat jarayonida har bir yangi ishga qabul qilingan mutahassis tomonidan Koplayens xizmati tashabusi asisida joriy qilingan anketalar to‘g‘ri va aniq to‘ldirilganligi o‘rganilib, korxona imidjiga putur etkazishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olinmoqda.