Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJning oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati kengaytiriladi

14-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Ammofos-Maxam” AJda tashkilot rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot davomida korxonaning oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati, undagi innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir “Ammofos-Maxam“ AJning 2024-yilda yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi bilan ham tanishdi.

 

 

“Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech