“Ammofos-Maxam” AJning vakolatli omborlari faoliyati o‘rganilmoqda.
Jamiyaning Komplayens xizmati va Sanoat korxonasi xavfsizligini ta’minlash xizmati tomonidan xududlarda tashkil etilgan vakolatli omborlari faoliyati, ishlarni tashkil etilishi, xaridorlarga sifatli mahsulot etkazib berish, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish yuzasidan keng ko‘lamli profilaktik ishlar joylarga chiqish orqali ta’minlab kelinmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan “Maxsus Global Servis TTB” MChJga qarashli vakolatli omborga jamiyatning mahsulotlarini joylashtirilishi, qabul qilinishi,, saqlanishi va xaridorlarga etkazib berilish holatlari organildi. O‘rganish jarayonida vakolatli ombor xodimlari bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazilib, ularga huquqbuzarliklarni sodir etishga, shu jumladan, korruptsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan shaxslar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish, Jamiyatda qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, vakolatli ombor xodimlariga mo‘may daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z xizmat vazifasini suiste’mol qilish, ishonib topshirilgan va unlarning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish korrupsion holatga sabab bo‘lishi, bunday xatti-xarakatlar uchun javobgarlik mavjudligi va jazoning muqarrarligi prinsiplari, hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu haqda Jamiyatning komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko‘rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, omborga etkazib berilgan mineral o‘g‘itlarni tushirish, joylashtirish jarayonida ishtirok etib, korxona raxbariga vakolatli omborni tashkil etish va maxsulotlarni saqlash bo‘yicha qo‘yilgan texnik talablarga to‘liq amal qilish lozimligi xaqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot berildi.
Suhbat jarayonida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga keng, atroflicha tushuntirishlar va izohlar berildi