Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJning vakolatli omborlari monitoring qilinmoqda

Jamiyat Boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan xududlarda tashkil etilgan vakolatli omborlarda mineral o‘g‘itlarni saqlanishi va xaridorlarga etkazib berilishini tayminlash yuzasidan ishlar axvolini o‘rganish maqsadida jamiyatning Kadrlar va xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i  Sh.Qurbanov hududlarda organish o‘tkazmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tashkil etilgan vakolatli omborga mineral o‘g‘itlarni joylashtirilishi, qabul qilinishi, saqlanishi va xaridorlarga etkazib berilish holatlari organildi. Organish jarayonida vakolatli ombor xodimlari bilan suxbatlar o‘tkazib, ularga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish korrupsion holatga sabab bolishi, bunday xatti-xarakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi va jazoning muqarrarligi prinsiplari tushuntirildi.

Suhbat jarayonida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga keng, atroflicha tushuntirishlar va izohlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech