“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan
Tanlovning asosiy maqsadi – tarkibiy bo‘linmalar va ishlab chiqarish sexlari o‘rtasida madaniyat va ma’rifatni hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali jamoada har tomonlama sog‘lom muhit yaratish va fikrlash doiralarini yanada kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz !” degan g‘oyalari doirasida “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” tanlovida tarkibiy bo‘linmalar va ishlab chiqarish sexlar o‘rtasida ma’naviyat xonalarini zamon talablariga xosligini ta’minlash, ularda ma’naviyatimiz, o‘zbekona milliyligimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar, sex kutubxonalari, ishchi-xodimlar uchun kitoblar, gazetalar, audio va video qo‘llanma materiallarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Tanlovni 14-oktabrdan 16-oktabrga qadar oʻtkaziladi.