Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida maxsus-taktik oʻquv mashqi

Bugun “Ammofos-Maxam”AJ Suyuq ammiak bo‘limida “Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof-muhitga tarqalishi bilan bog‘liq avariyalarda hamkor tashkilotlarning harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Ushbu mashqdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxona, navbatchi dispetcherlik xizmatlari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va o‘quv mashqi rahbarlarining kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi oqibatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, zararlangan hududdan evakuatsiya, qutqaruv, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech