“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida “Xon atlas” festivali doirasida “Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Tadbirda Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bo'lim boshlig'i Karimova Nodira Ataboyevna, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova, Toshkent viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ijtimoiy xodimi Sh.Jurayeva, Olmaliq shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi M. Azratovalar ishtirok etishdi.
"Milliy libos-millat qiyofasi" tanlovida korxonamiz boʻlim va sexlaridan 24 nafar xotin-qizlarimiz milliy atlas, adras matolarda liboslarini namoyish etdilar.
Ushbu tadbirda jami 100 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi. Barcha ishtirokchilar liboslari baholanib nominatsiyalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.