Bugun “Ammofos-Maxam” AJ xotin-qizlari o‘rtasida “Ayоl baxti – xalqimiz va jamiyаtimiz baxtidir” g‘oyasi ostida seminar bo‘lib o‘tdi
Seminar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan korxonamizda faoliyat yuritayotgan ayollarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, ishchi-xodimlar hamda bir qator mas’ullar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar “Yil ayoli-2024” milliy tanlovida “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan korxona bosh texnologi Nadejda Volinskova, boshqaruv raisining oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi Rohila Abdukadirova faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati