“Gimnastrada” sport tadbiri – sport, nafislik va salomatlik bayrami!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab, korxonamizda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga qiziqishni rivojlantirish maqsadida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “GIMNASTRADA” sport tadbiri tashkil etilmoqda.
Musobaqada ishtirok etishni xohlagan jamoalar o‘z sexlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi a’zolariga murojaat qilishlari mumkin.
Keling, birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilaylik va sport orqali jamoamizni birlashtiraylik!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi