“Halollik vaksinasi” standartlarini belgilash bo‘yicha tadbir oʻtkazildi
“Ammofos-Maxam” AJ korxona xodimlarining korrupsiyaga nisbatan huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Komplayens xizmati xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, korxonada “Halollik vaksinasi” standartlarini belgilash bo‘yicha umumprofilaktik tadbir oʻtkazildi.
Ta’mirlash mexanika sexida oʻtkazilgan profilaktik suhbat jarayonida “Ammofos-Maxam” AJ korxonasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlar takomillashtirishga qaratilgan bir qator ichki
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi aytilib oʻtildi.Shu bilan bir qator Respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali ishlar olib borilayotganligi bu borada qonun hujjatlari qabul qilinib, “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi
qonun doirasida ishlar amalga oshirilishi toʻgʻrisida batafsil maʻlumot berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ korxonaning mansabdor shaxslari tomonidan tamagarlik, korrupsion jinoyatlar, manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, davlat yoki jamiyat mulkini noqonuniy oʻzlashtirish, talon-toroj qilish va boshqa qonun buzilish holatlari haqida maʻlum boʻlganda “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatining korrupsiya va boshqa noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkinligi aytib oʻtildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi