Ру O`z En

Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun yordam ko'rsatilmoqda

“Ammofos - Maxam” AJ rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi “3-dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni” munosabati bilan O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 01-07/65-4–sonli yig‘ilish qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Olmaliq shahar hududida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 100 (yuz) dona oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi yetkazib berildi. Shu bilan bir qatorda korxona hisobida turgan 20 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga ham oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech