Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish
2023-yil 24-avgust kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Jamiyatning Kapital qurilish boshqarmasi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, “Aloqa kanallari” orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish” reglamenti, shuningdek, jamiyat xodimlarining “Odob-axloq qoidalari” yuzasidan batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tdi.
Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.