“Inson qadri aziz, xotirasi muqaddas” shiori ostida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda faxriylarimiz va nuroniy ustozlarimizni e’zozlash, shuningdek, yosh avlod qalbida vatanparvarlik ruhini, tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsad qilingan.
O‘tkazilgan ushbu uchrashuvda quyidagi faxriylar ishtirok etdilar:
• “Nuroniy” jamg‘armasi Olmaliq shahar bo‘limi raisi, polkovnik Muxiddin Abdullayev
• O‘zbekiston Mudofaa vazirligi faxriysi, iste’fodagi polkovnik Shavkat Nishonov
• O‘zbekiston Mudofaa vazirligi faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Valeriy Mel’nichuk
• O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Tesha Mo‘minov
• O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan jurnalisti Qobilbek Karimbekov
• “Ammofos-Maxam” AJ Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i, jamiyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Maqsud Mamatov
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati