Ру O`z En

Yangiliklar

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun Olmaliq shahar hokimligi binosida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida muhim davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi, taniqli islomshunos Jahongir Meliqo‘ziev ishtirok etdi.

Tadbir davomida Jahongir Meliqo‘ziev jaholatga qarshi kurashning eng samarali yo‘li ilm-ma’rifat va bilim olish ekanini ta’kidladi. U insonlar orasida diniy sabotsizlikning oldini olish, ijobiy ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilish va yosh avlodni to‘g‘ri yo‘naltirish masalalarining muhimligini qayd etdi.

Mazkur davra suhbati davomida “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishdi

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech