Ру O`z En

Yangiliklar

Jamiyat Komplayens xizmati hamda Tijorat faoliyati iqtisodchisi tomonidan monitoring o'tkazilmoqda

"Ammofos-Maxam" AJ Komplayens xizmati hamda Tijorat faoliyati iqtisodchisi tomonidan hududlarda tashkil etilgan vakolatli omborlarda jamiyatga tegishli mahsulotlarning saqlanishi va xaridorlarga sifatli mineral o‘g‘itlarning yetkazib berilishi yuzasidan ishlar doimiy monitoring qilinmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida joylashgan “Yangiyer Agrokimyohimiya Ta’minoti” MChJga qarashli vakolatli omborga jamiyat mahsulotlarining joylashtirilishi, qabul qilinishi, saqlanishi va xaridorlarga yetkazib berilish holatlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida vakolatli ombor xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga huquqbuzarliklarning oldini olish, xususan, korrupsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan shaxslar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish, Jamiyatda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati va boshqa tartib hamda yo‘riqnomalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech