Ру O`z En

Yangiliklar

Jamiyat Komplayens xizmati tomonidan profilaktik seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” АJning ishchi-xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati haqida batafsil ma‘lumotga ega bo'lishini ta‘minlash maqsadida, jamiyatning Komplayens xizmati boshligi A.Abduboisxo‘jayev tomonidan profilaktik seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Majlis davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli qonuniga asosan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanganligi, qonunning 3-moddasida ariza, taklif, shikoyat kabi asosiy tushunchalardan tashqari electron murojaat, takroriy murojaat, anonim murojaat, murojaatning dublikati, ommaviy qabul, videokonferetsaloqa hamda davlat ishtirokidagi tashkilot kabi tushunchalar kiritilganligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda, Komplayens xizmati jamiyatning barcha hodimlari bilan ochiq muloqotni har tomonlama qo'llab-quvvatlashligini, agar biron bir maslahat kerak bo'lsa tog‘ridan-to‘gri Komplayens xizmatiga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech