Jamiyat rahbariyati tomonidan davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 6-noyabr kuni "25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish kuni"ga bag‘ishlab 25-noyabrdan 10-dekabrgacha Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun chora-tadbirlari rejasiga muvofiq "Ammofos-Maxam "AJ rahbariyati tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga mehmon sifatida "Ramazoni sharif" jome' masjidi imom xatibi Sotiboldiyev Begzod tashrif buyurdi.Shu bilan bir qatorda Kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan sex, boʻlim, ishchi-xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan belbogʻli kurash musobaqasida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni tabriklab ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.