Jamiyatda navbatdan tashqari o‘quv mashg‘ulot bo'lib o'tdi
“Ammofos-Maxam” AJ Ammofos-2 sexida Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasi asosida, tezkor qutqaruv xizmatlari-HGQO, YOXTTEB, IHQX, tibbiyot punkti va sex ishchi xodimlarini jalb qilgan holda navbatdan tashqari o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida tezkor qutqaruv xizmatlari, Ammofos-2 sexida gazsimon ammiak quvuridagi nosozlik tufayli katta miqdorda ammiak chiqishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, avariya holatlarida xodimlar harakati - tuzilgan ssenariy bo‘yicha avariya holatlarini bartaraf etish uchun belgilangan vaqt me’yoriga asosan xizmat vazifalarining bajarilishga erishildi.
O‘quv mashg‘ulot yakuni bo‘yicha, mashg‘ulot uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar tomonidan mashgʻulot davomida amalga oshirilgan ishlar, tezkor boʻlinmalarning harakati va yuzaga kelgan kamchiliklar tahlil qilinib, o‘quv mashg‘ulot o‘tkazilishi qoniqarli deb baholandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati