Ру O`z En

Yangiliklar

Jamiyatda o'quv mashg'ulotlarining 5-bosqichi boshlandi

    "Ammofos-Maksam" AJda joriy yil uchun O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish bo'yicha bir qator ishlar belgilab olingan. Rejadagi mazkur vazifalar amaliyotini yo'lga qo'yishda qator tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda. Xususan, 6 sentyabrdan korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish, malaka oshirish markazi tomonidan 25 nafar mutaxassislar uchun "O'zbek adabiy tili me'yorlari, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo'yicha o'qitish va malaka oshirish" o'quv mashg'ulotlarining keyingi 5-bosqichi boshlandi.

    Mazkur yo'nalish bo'yicha 25 nafar korxona rahbar va ishchi-xodimlari malaka oshirishga jalb etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech