“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida sayohat uyushtirildi
O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 340-sonli qarori va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 9-noyabrdagi 12-770-sonli ko‘rsatmasi talablarini bajarish maqsadida 3-dekabr kuni “Ammofos-Maxam”AJ rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 50 nafar nafaqadagi nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Toshkent shahri bo’ylab sayohat uyushtirildi. Sayohatchilar “Hazrati Imom” majmuasi, Toshkent teleminorasi, Temuriylar muzeyi hamda “Magic City” ko’ngilochar bog’iga tashrif buyurdilar va ular uchun tushlik tashkil etildi. Nuroniylar mazmunli dam olib bir olam taassurotlar bilan manzillariga qaytdilar.